У нас есть только
оригинальные песни

Yangi yil kechasida Frantsiyada 804ta avtomobil yoqib yuborilgan

calendar 02.01.2016
1883

Frantsiyada Yangi yil kechasi davomida bezorilar tomonidan 804 ta avtomobil yoqib yuborilgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev ma'lum qildi

Kaznevning aytishicha, bu ko'rsatkich o'tgan yildagi shu vaqtdagi ko'rsatkichdan 14,5 foizga kamroq bo'ldi. 2014 yilda Yangi yil kechasi 940 ta mashina yoqib yuborilgandi.

Vazirning ta'kidlashicha, shu bilan birga qo'lga olingan bezorilar soni ikki barobarga oshdi va 622 nafarni tashkil qildi. Ulardan 368 nafari vaqtinchalik hibsga olindi.

Frantsiyada Yangi yil kechasi Parijdagi teraktlardan keyin kiritilgan favqulodda vaziyat tartibida o'tdi. Shaharlar ko'chalarida 10 ming harbiy, bir necha ming politsiyachi va jandarmlar navbatchilik olib borgan.

Яндекс.Метрика