Vaqt o‘tishi bilan sevimli buyumlaringiz eskirib qolganini sezmay ham qolasiz. Uyda hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan va keraksiz bo‘lsa ham tashlashga ko‘zimiz qiymaydigan narsalar juda ko‘p. Agar siz hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buyumlaringizni tez-tez yig‘ishtirib turing. Bu maqola sizga keraksiz narsalardan qutulishga yordam beradi.
Pardoz-andoz buyumlarini saqlash muddati o‘tishi bilanoq tashlab yuboring, “har ehtimolga qarshi” saqlab o‘tirmang.
Ular bakteriyalar ko‘payishiga sharoit yaratuvchi narsalar hisoblanadi. Shuning uchun mochalkalarni har oyda, tish cho‘tkalarini esa har uch oyda yangilab turing.
Muddati o‘tgan dorilardan foydalanish organizm uchun juda katta xavf tug‘diradi.
Yaxshisi, eski jurnallarni to‘planib qolgan eski qog‘ozlarga qo‘shib makulaturaga topshiring.
Mikroto‘lqinli pechlarda ishlatiladigan plastik idishlar tarkibida vaqt o‘tishi bilan organizm uchun zararli bo‘lgan polikarbonatlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yangisini sotib olishni unutmang.
Tuzatib bo‘lmaydigan, yaroqsiz holga kelib qolgan eski oyoq kiyimlarini saqlab o‘tirmasdan tashlab yuboring.
Agar siz kundalik kiyimingizni yil davomida bir marta ham kiymagan bo‘lsangiz, yaxshisi uni tashlaganingiz ma’qul. Aks holda, yana muammoga duch kelasiz: kiyimingiz ko‘p, lekin kiyishga hech narsa yo‘q.
Sovitgichdagi yeyilmay qolgan ovqatlardan juda ehtiyot bo‘ling. Ularning ko‘pchiligini ochiq holda saqlash sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.