У нас есть только
оригинальные песни

Yangi “Yulduzlar jangi” ekranlarga chiqishga ulgurmay, 50 mln dollar ishladi

calendar 21.11.2015
1865

“Yulduzlar jangi” kinoepopeyasining yettinchi filmi chiptalarning oldindan sotilishi bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal.

Premyeradan to‘rt hafta avval kartina 50 million dollardan ziyod mablag‘ yig‘di, bunday summa premyera namoyishlari uchun juda katta hisoblanadi, biroq shu paytgacha hech qaysi film oldindan buncha pul to‘plamagan.

Ekspertlar yangi “Yulduzlar jangi” premyera haftasida yig‘ilgan mablag‘ bo‘yicha rekord o‘rnatishini bashorat qilmoqda. Biroq kartina kinoteatrlarga Yangi yil bayrami arafasida chiqishini, bu paytda filmlar o‘rtasida kuchli raqobat ketishini hisobga olib, tushum rekord miqdorda bo‘lmasligi ham mumkin.

Яндекс.Метрика