У нас есть только
оригинальные песни

Yangi Zelandiya bosh vaziri o‘z lavozimida turib farzandini dunyoga keltirgan ilk hukumat rahbari bo‘ldi

calendar 22.06.2018
1155

Yangi Zelandiyaning ayol bosh vaziri Jasinda Ardern tarixda lavozimini egallab turgan vaqtida farzandini dunyoga keltirgan ilk saylangan davlat yetakchisi bo‘ldi, deb yozadi Tengrinews. Birinchi farzandi tug‘ilgani haqida u o‘z Instagram’ida ma’lum qildi.

Siyosatchi qizi va turmush o‘rtog‘i Klark Geyford bilan tushgan suratini ham ilova qildi. Hukumat rahbari uni qo‘llab-quvvatlagan va yaxshi tilaklar bildirgan barchaga rahmat aytib, o‘zi ham, chaqalog‘i ham yaxshi ahvolda ekanligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 37 yoshli Ardern olti oy davomida tug‘uruq ta’tilida bo‘ladi, bu vaqtda esa uning vazifalarini o‘rinbosari Uinston Piters bajaradi.

Arderngacha tug‘uruq ta’tiliga 1990-yilda Pokiston bosh vaziri Benazir Bxutto chiqqan. Aprelda esa amerikalik senator Temmi Dakuort o‘z lavozimini egallab turgan vaqtida farzandli bo‘lgan Kongress yuqori palatasining birinchi a’zosiga aylandi.

Яндекс.Метрика