У нас есть только
оригинальные песни

Yangilangan iOS operatsion tizimi iPad’ni butunlay bloklab qo'ymoqda

calendar 17.05.2016
1115

9,7 dyuymli displeyga ega  iPad Pro’dagi yangilangan iOS 9.3.2  operatsion tizimi qurilmani butunlay bloklab qo'yishi mumkin. Bu haqida Phonearena xabar beradi.
Qayd etilishicha, ko'plab foydalanuvchilar  iPad Pro qurilmasini  iOS 9.3.2 talqiniga yangilaganlarida planshetni iTunes’ga ulash ko'rsatmasi bilan «56 xato» chiqib kelgan. Biroq qurilmani kompyuterga ulash muammoni bartaraf etishga yordam bermagan. Shuningdek, bu xato bilan planshetni zavod sozlamalariga qayta tiklab bo'lmadi. 

Apple’ni targ'ib qiluvchi saytlarida «56 xato» nimani anglatishi aniq ko'rsatilmagan. Ma'lum bo'lishicha, bu xatoning paydo bo'lishi apparat ta'minotida muammolar mavjudligini ko'rsatadi.

Yangilangan iOS 9.3.2 operatsion tizimi 16 may kuni ishga tushdi. 2016 yilning mart oyida ishga tushgan iOS 9.3ning ikkinchi talqinida avvalgi relizlardagi kamchiliklar tuzatilgan, shuningdek, tizimning barqarorligi yaxshilangan. Bundan tashqari, yangi talqinda energiya tejash rejimi vaqtida Night Shift funktsiyasiga ulanish imkoniyati paydo bo'lgan. 

Яндекс.Метрика