У нас есть только
оригинальные песни

Yangiqo'rg'onda aholidan noqonuniy pul yig'ib yurgan MFY kotibasi qo'lga olindi

calendar 18.01.2016
1441

Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida aholidan noqonuniy pul yig'ib yurgan MFY kotibasi qo'lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, mahalla fuqarolar yig'inida kotib bo'lib ishlab kelgan Munira Qobulova xonadonlarni aylanib, ayrim oilalarga pul evaziga o'z “xizmat”larini taklif qilgan.

Jumladan, Sora Rasulovaning uyiga borib, unga beriladigan nafaqa muddati tuganini aytib, 150 ming so'm evaziga muddatni uzaytirib berishni va'da qilgan. Ayol unga pul berib yuborgan.

Ammo bir necha kundan bankka borib, nafaqaxo'rlar ro'yxatida o'zining yo'qligini bilgan va tegishli idoralarga murojaat qilgan.

Qobulova qo'lga olingan. Tergov asnosida u bunday yo'l bilan ko'plab insonlarni aldagani oshkor bo'lgan.

Яндекс.Метрика