У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi

calendar 17.05.2018
805

Yaponiya hukumati AQSh tomonidan po'lat va alyuminiyga joriy etilgan bojlarga javob choralarini tayyorlash jarayonini yakuniga yetkazmoqda, ular yaqin vaqt ichida Jahon savdo tashkilotiga taqdim etiladi. Bu haqda Reuters NHK teleradiokompaniyasi efirida berilgan xabarga asosan ma`lum qildi.

Tokiodagilarning taxminicha, javob choralari AQShning deyarli 409 mln dollar yo'qotishiga olib keladi. Bu summa po'lat va alyuminiyga joriy etilgan bojlar tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy yo'qotishlar qiymatiga teng, deya aytib o'tgan NHK manbasi.

Yaponiya, AQShning boshqa ittifoqchilaridan farqli ravishda, Qo'shma Shtatlar boj joriy etmaydigan davlatlar ro'yxatiga kiritilmadi.

Яндекс.Метрика