У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya falokatli vulqon otilishi ehtimoliga tayyorgarlik ko'rmoqda

calendar 19.08.2018
877

Yaponiya hukumati Kutinoerabu orolida Sindake vulqonining otilishi ehtimoli sababli inqiroz shtabini tashkil etdi. Falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan kuchli vulqon otilishi xavfidan Yaponiya bosh meteorologik boshqarmasi ogohlantirgan. 

Mutaxassislar bunday xulosaga kelishda vulqon zilzilalari soni keskin oshgani haqidagi ma`lumotlarga asoslanishgan.

“Yer silkinishlari markazi 2015 yil mayida bo'lgan joyda joylashgan. Vulqon faolligi yanada kuchayishi mumkin”, deb aytilgan boshqarmada.

Ko'rsatilgan hududda xavflilik darajasi 2-darajadan 4-darajagacha oshirilgan, bu esa evakuatsiyaga tayyorgarlik ko'rishni anglatadi. Vulqondan 3 km radiusda yashovchi odamlardan juda ehtiyotkor bo'lish so'ralgan, chunki katta vulqon toshlari otilishi va lava oqishi ehtimoli mavjud.

2015 yil mayda Kutinoerabuda kutilmaganda vulqon otila boshlagan. O'shanda butun orol aholisi evakuatsiya qilinib, xavflilik darajasi eng yuqori 5-darajagacha oshirilgan. Mahalliy aholi uylariga faqatgina dekabrdagina qayta olgan. 

Яндекс.Метрика