У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya hukumati 2016 yil uchun rekord darajadagi byudjet loyihasini tasdiqladi

calendar 24.12.2015
1312

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi 24 dekabr kuni 2016-2017 moliyaviy yil (2016 yil 1 apreldan boshlanadi) uchun rekord darajadagi 96,72 trillion iendan iborat (qariyb 796 mlrd dollar) byudjeti loyihasini tasdiqladi.

Byudjet loyihasi doirasida rasmiy Tokio so'nggi 17 yilda xorijiy mamlakatlarga yordam miqdorini amaldagi 551,9 milliard iendan (qariyb 4,6 mlrd dollar) 1,8 foizga ko'proqqa oshirmoqda.

Kiodo agentligi xabariga ko'ra, yordamni oshirish Yaponiya bilan texnik hamkorlik qilayotgan va subsidiya etkazib berish bo'yicha ikki tomonlama tuzilgan dastur doirasidagi davlatlar hisobiga amalga oshirilmoqda.

Harbiy xarajatlar 2016-2017 moliyaviy yil uchun birinchi bor amaldagi 5 trillion iendan 5,05 trillion ienga (qariyb 41,7 mlrd dollar) oshirilmoqda.

Eng ko'p byudjetdan harajat qilinadigan yo'nalish bu – ijtimoiy ehtiyojlar, jumladan, aholining tez qarishi muammosini oldini olish va tug'ish darajasining pastligi masalalaridir. Ushbu maqsadlar uchun qariyb 31,97 trillion ien (264 mlrd dollar) ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagandan so'ng byudjet loyihasi parlament ko'rib chiqishi uchun yuboriladi. Ushbu jarayon 2016 yilning 4 yanvaridan boshlanadi.

Яндекс.Метрика