У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya hukumati to'liq tarkibda iste`foga chiqdi

calendar 03.08.2017
1076

Yaponiya hukumati 3 avgust kuni to'liq tarkibda iste`foga chiqdi. Bu haqda TASS vazirlar mahkamasi rahbarining kantselyariyasiga asosan xabar qilmoqda.

Ta`kidlanishicha, hukumatning favqulodda yig'ilishida vazirlar mahkamasining barcha a`zolari tegishli arizalarni berishgan, ular Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tomonidan qabul qilingan.

Yaqin soatlarda hukumatning yangi tarkibi ro'yxati e`lon qilinadi.

Ro'y bergan holat oddiy jarayon bo'lib, u vazirlar mahkamasidagi tegishli o'zgarishlarga zarurdir. Hukumat kunning ikkinchi yarmida o'z ishini davom ettiradi.

Avvalroq Yaponiya mudofaa vaziri mojaro tufayli iste`foga chiqqandi.

Яндекс.Метрика