У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya koinot qurilmasi Yer va Oyni 8 million kilometr uzoqlikdan turib suratga oldi

calendar 28.11.2015
2010

Yaponiyaning Procyon koinot apparati 16-noyabrda olingan Yer va Oy suratini uzatdi. Mazkur surat 8 million kilometr masofadan turib olingan. 

Fotosuratda sayyoramiz va uning yo‘ldoshini darrov ilg‘ab olish qiyin, biroq ularning o‘lchamidan kelib chiqib, oralaridagi masofaga baho berish mumkin.

Procyon 2014-yil o‘rtalarida uchirilgan salkam 60 kilogramm keladigan zond bo‘lib, asosan, asteroidlarni yaqindan turib tadqiq etishi ko‘zda tutilgan.

Яндекс.Метрика