У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya KXDR bilan munosabatlarini yaxshilamoqchi

calendar 02.09.2018
733

Yaponiyada KXDR bilan munosabatlardagi o'zaro ishonchsizlikka chek qo'yish istagi bildirildi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh va Shimoliy Koreya sammiti yakunlari fonida shunday bayonot bilan chiqdi. 

Sindzo Abe KXDR raisi Kim Chen In bilan uchrashmoqchi ekani va AQSh ortidan Shimoliy Koreya bilan ishonchli munosabatlar o'rnatishda sezilarli natijalarga erishmoqchi ekani, shuningdek o'g'irlangan Yaponiya fuqarolari masalasini hal qilish istagi haqida ma`lum qildi. 

Pxenyan 2002 yilda 13 nafar Yaponiya fuqarosining o'g'ilanganiga doir ma`lumotni tan olgan. Ulardan 5 nafari uyiga qaytishiga erishilgan, qolganlari esa halok bo'lgani qayd qilingan. Ularning jasadlari qoldiqlari qarindoshlariga jo'natilgan, biroq shaxsini tasdiqlashning uddasidan chiqilmagan. 

28 iyulda Pxenyanda Tokio bilan munosabatlarni yo'lga qo'yish uchun maxsus muzokaralar guruhi tashkil qilingan.

6 avgust kuni Yaponiya hukumati rahbari raketa-yadroviy dasturi va yaponiyalik fuqarolarning o'g'irlanishi kabi muammolarni hal qilish uchun KXDR raisi bilan shaxsan uchrashishi zarurligini aytdi. 

Shunday bo'lsa-da, 22 avgustda AQSh prezidenti Donald Tramp va Sindzo Abe KXDRga qarshi sanksiyalarni qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib olishdi.

Яндекс.Метрика