У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya markaziy ko'chalarida O'zbekistonga chorlovchi bilbordlar o'rnatiladi

calendar 21.08.2018
982

Yaponiyaning Maizuru va Takasaki shaharlari markaziy ko'chalarida O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish etuvchi reklama bilbordlari o'rnatiladi. 

Jahon turizm bozorida "O'zbekiston" milliy turistik brendini targ'ib qilish va xorijiy mamlakatlardan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi Yaponiyaning Maizuru (Kioto prefekturasi) va Takasaki (Gunma prefekturasi) shaharlari meriyalari bilan hamkorlikda nomlari qayd etilgan shaharlarning markaziy ko'chalarida O'zbekiston turistik salohiyatini namoyish etuvchi reklama bilbordlarini o'rnatish masalasini ishlab chiqdi.

Ta`kidlash joizki, Maizuru va Takasaki 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan Olimpiadada o'zbekistonlik sportchilarni "qabul qiluvchi shaharlar" hisoblanadi.

Kelishuvlarga ko'ra, mazkur bilbordlar Yaponiya shaharlarida ikki yillik muddatga, ya`ni 2018 yilning sentabridan 2020 yilning sentabrigacha o'rnatiladi.

O'zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari aks etgan bilbordlarda yapon tilidagi "Buyuk Ipak yo'lining yuragi hisoblangan O'zbekistonga sayohat qiling" yozuvi, milliy turistik logo va www.uzbekistan.travelsayti manzili tushirilgan bo'ladi. Bundan tashqari, reklama plakatlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining to'g'ridan-to'g'ri Tokio-Toshkent yo'nalishidagi reyslariga oid ma`lumotlar aks etadi.

Яндекс.Метрика