У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya o‘n yillik oxirida lunoxod uchirishni rejalashtirmoqda

calendar 15.11.2015
1290

Yaponiya o‘n yillik oxirida Oyga lunoxod uchirishni rejalashtirayotganligini oshkor qildi, deb xabar beradi 3DNews.

 

Qurilmani ishlab chiqish kelasi yilda boshlanishi ma’lum qilindi. Oyga maksimal darajada samarali qo‘nishni ta’minlovchi obyektlarni taniy olish tizimi qurilmaning o‘ziga xos jihati bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, modulning belgilangan nuqtadan 100 metr masofa chegarasida qo‘na olishi mumkinligi rejalashtirilmoqda.

Qurilma qanday vazifalarni bajarishi lozim ekanligi hozircha ma’lum qilinmadi. Biroq uni uchirish 2019-yilga belgilanganligi haqida xabar qilindi.

Ta’kidlash joizki, shu paytgacha Yerning tabiiy yo‘ldoshiga sobiq ittifoq, AQSh va Xitoy lunoxodini qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq vaziyat 2017-yilda o‘zgarishi mumkin. Gap shundaki, ushbu yilda Isroilning SpaceIL xususiy kompaniyasi lunoxod uchirishni belgilagan.

Яндекс.Метрика