У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiya raketa uchirgan KXDRga qarshi bir tomonlama sanksiyalar joriy etdi

calendar 10.02.2016
1032

Yaponiya hukumati KXDRning yaqinda uzoq radiusda harakatlanuvchi raketa uchirganligiga javoban qat’iy sanksiyalar joriy etilishini ma’lum qildi.

Sanksiyalar Shimoliy koreyalik fuqarolarning mamlakatga kirishiga taqiqni ham o‘z ichiga oladi.

NHK telekanalining ma’lum qilishicha, bu taqiqdan tashqari Shimoliy Koreya kemalari uchun Yaponiya portlari to‘liq yopiladi. Bu ijtimoiy maqsadlar bilan tashrif buyurgan kemalarga ham taalluqlidir.

Yaponiya vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suganing jurnalistlarga ma’lum qilishicha, bundan keyin Yaponiya hukumati KXDRning bunga reaksiyasi va xalqaro hamjamiyatning harakatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqadi.

Яндекс.Метрика