У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada fermerlarni robotlar bilan almashtirishga 37 mln dollar sarflanadi

calendar 23.04.2016
924

Yaponiyada pensiyaga chiqayotgan fermerlarni sekin-asta robotlar va qishloq xo‘jaligi avtonom texnikasi bilan almashtirish dasturi boshlandi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Xiroshi Daydo G7 bo‘yicha hamkasblari bilan uchrashuv chog‘ida ushbu qaror Yaponiyada fermerlarning o‘rtacha yoshi 67 ni tashkil etayotgani bilan bog‘liq ekanligini tushuntirdi. Boz ustiga, fermerlarning ko‘pchiligi o‘zidan vorislar qoldirmayapti.

Bir yil davomida fermalarda robotlar ishini joriy qilish va 20 turdagi robotlarni ishlab chiqishga 4 milliard iyena (37 million dollar) sarflanadi. Robot turlaridan biri ezilib ketgan shaftolini me’yorida pishganidan ajratish vazifasini bajaradi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugun mamlakatda foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi dalalarining umumiy maydoni 420 ming gektarni tashkil etmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida band ziroatkorlarning 65 foizini 65 dan oshganlar tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishni istaydigan yoshlarning kamligi tufayli hukumat Yaponiyaning bu borada importga bog‘liqligi oshib ketishidan cho‘chimoqda. Hozirlikda bu ko‘rsatkich 60 foizga tengdir.

Qishloq xo‘jaligi texnikasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi Kubota Corp. allaqachon guruch maydonlarida qo‘llasa bo‘ladigan dastlabki avtonom traktor prototipini ishlab chiqdi.

Яндекс.Метрика