У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada Hongkongdan noqonuniy yo'l bilan olib o'tilgan 110 kilogramm oltin musodara qilindi

calendar 08.06.2016
1098

Yaponiya bojxonasi tomonidan Okinava prefekturasidagi Naxa aeroportida xususiy samolyot bortidan og'irligi 110 kilogramm keladigan oltin partiyasi topildi, deb xabar berdi Kiodo agentligi. 

Oltinning taxminiy narxi 500 million ien (4,5 million dollar)ni tashkil etadi.

Yaponiya qonunlariga muvofiq, mamlakatga oltin olib kirilayotganda, uning ushbu davlat hududida sotilishini hisobga olib 8 foizli iste'mol solig'i to'lanishi shart. Xaridor shartnoma paytida bu summani to'laydi, shunday ekan, oxir-oqibat bu pul sotuvchiga qaytib keladi. Chegaradan o'tilayotganda soliq to'lovini to'lamaslik kontrabandachilarga 8 foiz daromadga ega bo'lish imkonini berar edi, mazkur holatda esa bu foiz daromadi 400 ming dollardan iborat bo'lardi. 

Politsiya kontrabanda kanalining yakudza jinoiy guruhlari ishtirokida yo'lga qo'yilganini gumon qilmoqda. 

Yanvar oyida Osakada bundanda katta oltin partiyasi va qimmatbaho buyumlar (130 kilogramm oltin va 586ta Rolex qo'l soatlari) olib qo'yilgandi. Bunday katta miqdordagi qimmatbaho tovarlarni Hongkongdan sovun sifatida olib o'tishmoqchi bo'lishgan. Ularning umumiy qiymati taxminan 1 milliard ien (8,5 million dollar)ni tashkil etgan. Jinoyatchilar 12ta qutida kosmetika vositalari va sovunlar ostiga oltin bo'laklari va soatlarni joylashtirishgan. Kontrabandachilarning ularni tashish vaqtidagi harakati Kansay aeroporti bojxonasi xodimlarida shubha uyg'otgan va shu tariqa jinoyatchilar qo'lga olingan.

Яндекс.Метрика