У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada imperatorning Ikkinchi jahon urushida taslim bo'lish haqida qilgan nutqi e'lon qilindi

calendar 01.08.2015
2575

Yaponiya imperatorlik saroyi sobiq imperator Xiroxitoning mamlakatni Ikkinchi jahon urushida taslim bo'lishga chaqirgan nutqi yozilgan audiyozuv e'lon qilindi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.Imperator 1945 yilning 15 avgustida Yaponiyaning urushda taslim bo'lishi haqida e'lon qilgan. Bu 4,5 daqiqalik murojaatida imperator juda past ovozda, eshitilmas darajada nutq qilgan.Qayta ishlanib, e'lon qilingan "taslim bo'lish bayonnomasi"da ham uni tushunish qiyin."Bugun negadir ovozim juda past. Ha, ba'zi ishlarni qilish juda qiyin", deydi u.Shundan keyin u barchaga bardoshli bo'lishni tilab, mamlakat urushda yutqazganini tan olishi kerakligini aytadi.Qayd etish joizki, yaponlarning aksari o'sha kuni o'zlari juda ulug'lab, iloh darajasiga ko'tarishgan imperatorning ovozini ilk marta eshitgan.Imperatorning bu chiqishidan keyin juda ko'p yaponlar o'zini o'ldirgan."Mening bilishimcha, bir qancha harbiylar bu nutqdan keyin ham urushni to'xtatmasdan, jangni davom ettirishgan", deydi 1945 yilda suxandon bo'lib ishlagan Tomi Tondo.The Guardian nashrida yozilishicha, bu murojaatdan keyin ham Yaponiya imperatori armiyasi kichik leytenanti Onode Filippin hududida urush tugaganidan bexabar holda kurashni davom ettirgan
Яндекс.Метрика