У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada joriy qish mavsumidagi eng kuchli qor tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

calendar 16.01.2017
972

Yaponiyaning turli hududlarida joriy qish mavsumidagi eng kuchli qor tufayli 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Halok bo‘lganlarning aksariyati yo‘ldagi favqulodda holatlar — avtomobillarning yo‘l muzlaganligi va ko‘rinish yomonlashganligi sababli suv havzalari, jarliklarga qulashi qurboni bo‘ldi. Keksa dehqon qor og‘irligi tufayli qulagan issiqxonasi bo‘laklari ostida qolib ketdi. Bir necha kishi qor va muzdan tozalayotgan chog‘da tomdan pastga tushib ketdi. 

Xonsyu orolidagi Xiogo prekfekturasida 50 ga yaqin oila yashaydigan posyolka qor uyumi tufayli tashqi dunyodan butkul uzilib qoldi. Hozirda ularga yordam berish uchun politsiya vertolyotlari yuborilmoqda.

Яндекс.Метрика