У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada malika Mako unashtirilgani rasman e`lon qilindi

calendar 03.09.2017
1094

Yaponiya imperatorlik saroyi boshqarmasi Yaponiya imperatori Akixitoning nabirasi malika Makoning sobiq kursdoshi Key Komuro bilan unashtirilganini rasman e`lon qildi. Bu haqda “Mayniti” nashri xabar bermoqda.   

Unashtiruv e`lon qilinishi oldidan imperator malika Mako va Komuroning nikohini ma`qullagan marosim o'tkazildi. Malika oddiy fuqaro bilan nikoh qurayotgani sababli u barcha imperatorlik unvonlaridan mahrum bo'ladi.

Kuyov malikaning sobiq kursdoshi bo'lib, ular Xalqaro nasroniy universitetda birga o'qishgan. Komuro ayni vaqtda Tokiodagi yuridik firmada ishlaydi.

Яндекс.Метрика