У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada Mindulle to'foni havfi tufayli 10 mingdan ziyod kishi ko'chirildi

calendar 23.08.2016
815

Yaponiya shimoli-sharqida Mindulle to'foni havfi tufayli 10 mingdan ziyod kishi ko'chirildi. Bu haqda NHK telekanali habar bermoqda.

To'fon Tokioning okean tarafi va unga yondosh tumanlarga yaqinlashgan va kuchli yomg'ir, dengizda bo'ron turishi va kuchli shamol olib kelgan. Daryolar toshgan, ko'chki havfi paydo bo'lgan. Bir kishi halok bo'lgan, 60 dan ziyod kishi jabrlangan. 

NHK ma`lumotlariga ko'ra, to'fon Hokkaydo oroliga Yetib borgan va u Yerda yashovchi 10 157 kishi o'z uyini tashlab chiqishga majbur bo'lgan. 23 avgust tong saharda Hokkaydoning janubiy qirg'oqlariga yaqinlashgan to'fon ko'chki keltirib chiqargan.

Telekanalning habar berishicha, to'fon oqibatida Tokio va Tibadagi 62 ta uy vayron bo'lgan.

Яндекс.Метрика