У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada oxirgi besh yillik ichida tug'ilish ko'rsatkichi yuqoriladi

calendar 02.01.2016
1033

Yaponiyada so'nggi besh yil ichida tug'ilish ko'rsatkichi yuqori darajada qayd etildi. Mamlakat sog'liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligining xabar berishicha, 2015 yilda tug'ilish holati o'tgan yildagiga qaraganda 1 mln 8 ming nafarga ko'paygan.

Shu bilan birga mamlakatda o'lim holatining ko'rsatkichi ham oshgan. 2015 yilda bu ko'rsatkich 29 ming kishiga ko'paytgan va 1 mln 302 ming kishini tashkil etgan. Tashkilotning ma'lum qilishicha, o'rtadagi farq 294 ming kishini tashkil etmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi mutaxassislarining ta'kidlashicha, zamonaviy yapon jamiyatida tug'ilish holatining oshishi oddiy bo'lmagan vaziyatdir. Bu mamlakatda tug'ish yoshidagi ayollarning tez sur'atlarda kamayib ketayotgani bilan bog'liq holat, demoqda mutaxassislar.

So'nggi bor Yaponiyada tug'ilish holati 70-yillarda yaxshilangan bo'lib, o'shanda ko'rsatkich ikki million nafarga etgan edi. 1984 yilda 1,5 mln nafarga, 2005 yilda esa 1,1 mln nafarga tushib ketgan edi.

Яндекс.Метрика