У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada qo'ltiq uchun ventilyator yaratishdi

calendar 19.07.2016
2005

Yaponiyaning Thanko kompaniyasi noodatiy gadjetlar to'plami — qo'ltiq uchun ventilyatorni ishlab chiqdi. Qurilma ko'ylak yoki mayka qo'liga o'rnatilgan, teshik esa ko'krak qafasi va elka bo'g'imi orasidagi ichki qismga yo'naltirilgan.  Ventilyatorlarni juda kichik va sezilmas darajada deb bo'lmaydi, biroq ular o'z ishini yaxshi bajarmoqda.


Ma'lum bo'lishicha, bu ventilyatorlar kuchli jaziramadan aziyat chekuvchi mamlakat aholisi va qattiq terlaydigan insonlar uchun foydali qurilmaga aylanadiQurilma AAA turdagi ikki batareyadan yoki noutbukka ulanuvchi USB-shnur orqali quvvat oladi. Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, batareya yoki akkumulyatorni quvvatlashga doimiy ishning 5—9 soati (tanlangan rejimga qarab) etadi.

Яндекс.Метрика