У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada sovunda yuvish mumkin bo'lgan telefon ishlab chiqildi

calendar 03.12.2015
2023

Yaponiyaning Kyocera kompaniyasi asosiy xususiyati oddiy sovunda yuvish mumkin bo'lgan yangi turdagi Digno Rafre smartfonini taqdim etdi. Bu haqda The Verge portali xabar tarqatmoqda.

Smartfon mualliflarining so'zlariga ko'ra, qurilma turli vaziyatlarda, jumladan hammomda cho'milayotgan vaqtda ham foydalanish imkoniyatini beradi. Kyocera mutaxassislari tomonidan qayd qilinishicha, sensorli ekran hatto ho'l bo'lgan holatda ham ishlayveradi. Smartfon korpusi yoriqlarga chidamli qilib yasalgan.

Qurilma Android 5.1. operatsion tizimida ishlaydi. Unga 13-megapikselli kamera va diagonali 5 dyuym va maksimal ko'rsatkichi 1280x720 piksel bo'lgan ekran o'rnatilgan. Akkumulyator sig'imi 3000 milliamper-soatni tashkil qiladi. Smartfon 11 dekabrdan boshlab Yaponiyada sotuvga qo'yiladi. Yangi qurilmaning narxi 57 ming ienadan sal qimmatroq (taxminan 1 mln. 300 ming so'm) bo'ladi.

Яндекс.Метрика