У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyada suv ustida quyosh elektr stansiyasi qurildi

calendar 01.05.2015
2369


Yanoniyaning Xiogo prefekturasida 2 ta ulkan suzuvchi quyosh elektr stansiyasining qurilishi nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi "Populyarnaya Mexanika”.

Yaponiyaning Kyocera va Century Tokyo Leasing korporatsiyalari kelajakda energetika sohasining yanada kattaroq qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan suv ustidagi ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi yakunlanganini ma’lum qildi. Elektr stansiyasi yiliga 3300 megavatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega, bu esa o‘z navbatida 920 ta uy xo‘jaligini ta’minlashga yetarli bo‘ladi.

Suv yuzasidagi quyosh elektr stansiyalari nafaqat maydonlarni tejaydi, balki suvning sovitishi evaziga yer ustidagi stansiyalarga qaraganda ancha samarali hisoblanadi. Platforma yuqori zichlikdagi polietilendan yasalgan, shuning uchun uni 100% qayta ishlash mumkin. Material ultrabinafsha nurlar, ekstremal jismoniy bosimga chidamli va zanglamaydi.


Яндекс.Метрика