Yaponiyada 284 kishida 30 foiz bemorlarning o'limiga sabab bo'luvchi streptokokkli toksik shok sindromi aniqladi. Bu Yaponiyada 1999 yildan buyon olib borilayotgan mazkur kasallikka oid statistik ma'lumotlar ichida eng ko'pi hisoblanadi.
Xastalikning kechishi to'liq o'rganilmagan. Biroq u asosan 30 va undan yuqori yoshdagi kishilarga chang solishi ma'lum. Bunda A guruhiga mansub streptokokklar bezgak keltirib chiqarib, tana harorati juda yuqori darajaga ko'tariladi, shuningdek, qon bosimi pasayib, xushdan ketish, qo'l-oyolar shishi va to'qimalar o'limiga olib kelishi mumkin.
Bemor zudlik bilan statsionar sharoitda intensiv davolanishi lozim. Ushbu kasallik esa 1981 yili aniq tashxis bilan qayd etilgan. Infektsiya organizmga teridagi yoriqlar va jarohatlar bilan kirishi mumkin.