У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyadagi restoran o‘z xodimining o‘limi uchun 1 mln dollar tovon to‘laydi

calendar 09.12.2015
1159

Yaponiyada “Vatami” restoranlar tarmog‘ida ko‘p ishlab zo‘riqib qolgani tufayli o‘z joniga qasd qilgan Mina Morining ota-onasi o‘z qizining ish beruvchisidan 134 million iyena (taxminan 1,1 million dollar) tovon puli oladi, deya xabar bermoqda“Korrespondent.net”.

Qiz kompaniyada 2008-yildan buyon faoliyat yuritgan. U tungi smenalarda 10 soatdan ortiq ishlagan va grafik bo‘yicha erta tongdan yana ishga chiqqan.

Dam olish kunlari ertalabdan kompaniyada dars olish, restoran tarmog‘i rahbari matnlarini yodlash va hisobot yozish bilan shug‘ullangan. O‘limidan bir oy avval kundaligiga hamma yog‘i og‘riyotgani, kayfiyati tushkunligi haqida yozgan.

Dastlab kompaniya mehnat sharoitlari va o‘z joniga qasd qilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni tan olishni istamadi, biroq keyinroq “Vatami” boshlig‘i ishni sudgacha olib bormaslikka qaror qildi va murosa bitimini tuzishga rozi bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Vatami” qizning ota-onasiga 1 million dollardan ziyod tovon puli to‘laydi va o‘z xodimlarining mehnat sharoitlarini yengillashtirish uchun choralar ko‘radi.

Яндекс.Метрика