У нас есть только
оригинальные песни

Yaponiyaning Kyusyu orolida o‘tgan haftadan buyon 767 ta zilzila qayd etildi

calendar 21.04.2016
1186

Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Kumamoto prefekturasida (Kyusyu oroli) o‘tgan hafta davomida bir va undan yuqori magnitudali kamida 767 ta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda, Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

“Ushbu hududdagi seysmik faollik hamon davom etmoqda. Mahalliy aholi hushyorlikni saqlab, binolar qulashi mumkin bo‘lgan xavfli hududlarni tark etishi lozim. Shu bilan bir paytda kuchli jala yog‘ishi oqibatida ko‘chkilar sodir bo‘lishi xavfi mavjud”, — deb ta’kidladi meteorologiya agentligi vakili.

Kumamoto hukumati ma’lumotiga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik tufayli hozirga qadar 260 mingdan ortiq kishiga evakuatsiya tavsiya etilgan.

Kumamoto va unga qo‘shni Oita prefekturalarida yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida o‘n mingga yaqin uy va boshqa binolar vayron bo‘lgan. Yuz mingdan ortiq odam hamon evakuatsiya punktlarida ekanligi ma’lum qilingan.

16-apreldan buyon davom etayotgan zilzilalar oqibatida 48 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi esa yer silkinishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vafot etgan.

Яндекс.Метрика