У нас есть только
оригинальные песни

Yaqin yillarda energiyani saqlash tizimlaridan foydalanish oddiy holga aylanadi

calendar 25.10.2017
742

5 yildan keyin energiyani saqlash tizimi butun Amerikada keng qo'llanadi. Bunday prognozni Duke Energy energetik kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo'yicha direktori Spenser Xeyns taqdim qildi. Mutaxassisning fikricha, akkumulyatorlar narxi jadal ravishda arzonlashadi va 2020 yilda energiyani saqlash tizimlari har yerda qo'llanadi va hamyonbop bo'ladi.  

AQShda ketma-ket dovullar sababli uylarda ishlatiluvchi energiyani saqlash tizimlariga talab oshdi. Biroq hozircha bunday loyihalar yetkazib beruvchilarga ham, uy egalariga ham katta foyda keltirmaydi. Taxmin qilinishicha, uy akkumulyatorlari kamida 10 yildan keyin o'zini oqlaydi.   

Xeynsning fikricha, yaqin 5 yil ichida uy akkumulyatorlariga talab keskin oshadi. 

Energiyani saqlash tizimlari narxlari sekin-asta tushmoqda. Xeynsning ta`kidlashicha, 2012 yilda bir kVt-soat elektr energiyani saqlash 800 dollar turgan bo'lsa, 2016 yilda uning narxi 281 dollargacha tushgan. Har yili uning narxi 9 foizga tushadi. Bu elektromobillar ommalashayotgani bilan bog'langan. Energiyani saqlash tizimlari va quyosh panellaridan iborat to'plam eng katta talabga ega bo'ladi. Tesla kompaniyasi xuddi shunga urg'u bermoqda: kompaniya Powerwall akkumulyatorlari ishlab chiqarmoqda va quyosh modullaridan iborat tom yopmasiga buyurtmalar olmoqda.  

Ko'pchilik bunday tizimlarga zarurat sababli o'tmoqda. Misol uchun, Yaponiya va Puerto-Rikoning dovullardan jabr ko'rgan hududlari aholisi. Iste`molchilar aksariyat hollarda bu tizimlarni yirik kommunal xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar xizmatlaridan voz kechish va oz bo'lsa-da mustaqil bo'lish maqsadida xarid qilmoqdalar. Avstraliyada esa bunday tizimlar odamlarga pullarini tejashda yordam beradi.

Jahon banki prognozlariga ko'ra, rivojlanayotgan davlatlarda yaqin 8-9 yil ichida energiyani saqlash qurilmalarining quvvati 2 GVt dan 80 GVt gacha oshadi. Bu bozorda yirik o'yinchilar Xitoy va Hindiston bo'ladi. AQSh ham ortda qolmaydi. Morgan Stanley banki hisobotiga ko'ra, 2020 yilga kelib AQShning energiyani saqlash bozori hozirgi 300 mln dollardan 4 mlrd dollargacha oshadi. 

Яндекс.Метрика