У нас есть только
оригинальные песни

Yaqinlari Janna Friskening uyini muzeyga aylantirishmoqchi

calendar 04.08.2015
2746

Marhuma Janna Friskening singlisi Natalya Friske, oila a’zolari Jannaning Moskvadagi kvartirasini muzeyga aylantirish niyatida ekanligini aytdi. Natalyaning aytishicha, oila a’zolariga bo‘sh uyga borish hanuzgacha qiyinchilik tug‘diradi. Shunga qaramay ular kvartira eshiklarini Jannaning muxislari uchun ochish niyatida. OAVga bergan intervyusida, Natali Friske singlisining kvartirasiga borish unga hanuzgacha qiyin va u yerda kamdan-kam xollarda bo‘lishini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, Janna Friskening kvartirasidagi hech qanday buyumga tegilmagan. Natalya Friske intervyuda Dmitriy Shepelev (Janna Friskening fuqaroviy turmush o‘rtog‘i) bilan aloqaga chiqmayotganini, biroq jiyani Platonni judayam sog‘inganini aytib o‘tgan. Ayni vaqtda, Janna Frisken va Dmitriy Shepelevning o‘g‘li Platon Bolgariyada. Shepelev bolakayni Bolgariyaga Janna Friske vafot etishidan bir kun avval olib ketgan edi. Bolakay Bolgariyada sentabrga qadar bo‘ladi.
Яндекс.Метрика