У нас есть только
оригинальные песни

Yarim yil ichida dunyo bo‘yicha 60 nafar jurnalist o‘ldirildi

calendar 16.07.2015
2333


2015-yilning birinchi yarmida dunyo bo‘yicha 60 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi o‘ldirildi. Bu haqda Meduza Jurnalistlar xavfsizligi xalqaro instituti nodavlat tashkiloti hisobotiga tayanib xabar beradi.

Institutning o‘n yillik faoliyati davomida birinchi marta Fransiya eng ko‘p jurnalistlar halok bo‘lgan davlat sifatida qayd etildi. Parijda Charlie Hebdo jurnali redaksiyasiga qilingan hujum natijasida nashriyotning sakkiz nafar xodimi o‘ldirilgan.

Janubiy Sudan va Yamanda yarim yil ichida olti nafardan, Iroq va Liviyada esa besh nafardan jurnalist o‘ldirilgan.

Hisobotda aytilishicha, ko‘pchilik hollarda jurnalistlarning qotillari jazolanmasdan qolmoqda. Institut faqat beshta hodisa bo‘yicha jinoyatchi topilganligi haqida ma’lumot olgan.


Яндекс.Метрика