У нас есть только
оригинальные песни

YaTTga yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqi berilmoqda

calendar 28.07.2018
830

O'zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub`yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O'zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankining 2018 yil 1 sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini berish to'g'risidagi takliflari ma`qullandi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub`yektlarida tekshiruvlar o'tkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlaydi.

Яндекс.Метрика