У нас есть только
оригинальные песни

YAXSHILIK VA YOMONLIK BAXSI yohud MEN SIZNI YAXSHILIK BILAN YENGAMAN!!!

calendar 11.05.2011
9207
Kunlarning birida yaxshilik va yomonlik bahslashib qolibdi. Yomonlik debdi: Hoy yaxshilik agar bilsang men sendan kuchliman men tarafimdagi insonlar ham ko'p debdi. Shunda yaxshilik debdi: Yo'q yomonlik agar bilsang men sendan kuchliman meni tarafda insonlar ozroq bo'lishi mumkun lekin ular kuchli debdi. Shunda yomonlik yana debdi: Baribir men kuchliman hozir men tarafdagi odamlar har qanday yomonlikka bormoqda debdi. Shunda yaxshilik mayli men sen bilan bahslashmayman yur undan ko'ra borib vijdondan so'remiz kim kuchliligini debdi. Yaxshilik va yomonlik vijdon oldiga borib so'rashibdi. Aytchi ey vijdon yaxshilik kuchlimi yoki yomonlikmi. Shunda vijdon javob beribdi: Tog'ri insonlarni ko'prog'i yomonlik tarafda bo'lishi mumkun lekin yomonlikni hech kim yodga olgisi kelmaydi iloji boricha yomonlikni unutishga harakat qiladi. Yaxshilik tarafida odam oz bo'lsa ham yaxshilikni hech kim unutmaydi doim yaxshilikni yodda saqlashga harakat qiladi. Kegin har bir insondi vijdoni yaxshilik tomonidadur. Yomonlikni esa faqat yaxshilik yenga oladi. Yomonlik qanchalik kuchli bo'lmasin yaxshilikni yengolmaydi deb javob bergan ekan.
Darhaqiqat dunyo dunyo bo'lib yaralibdiki yaxshilik va yomonlik bahsi mudom davom ettoqda. Afsuski hozir bazi insonlarda yomonlik ustun kelmoqda. Insonga kimgadur yomonlik qilishdan foyda bormi? Yo'q birovga yomonlik qilishni hech foydasi yo'q birovga azob berib semirib ham ketmimiz. Faqat uzoqdan tomasha qilishiz mumkun qilgan yomonligizi, lekin buni ko'rib vijdoniz qiynalgani qoladi holos. Shu kungacha yomonlik hech kimga foyda bermagan foyda bermidi ham,aksincha ziyon. SHuning uchun qo'lizdan kelgancha yaxshilik qiling agar qo'lizdan kelmasa hech bo'lmasa yomonlik qilmang kerakmas. Agar sizga kimdur yomonlik qilsa albatta siz ham unga yomonlik qilishiz shartmas. Siz undan aqlliroq bo'ling yomonlikni yaxshilik bilan yengib vijdonan ustun bo'ling. Chunki bu dunyo qaytar dunyo kim nima qilsa qaytadi. Kimdur sizga yaxshilik qilganini aslo unutmang, kimgadur qilgan yaxshiligizi umuman uniting ana shunda siz yaxshilikka muhtoj bo'lganingizda yaxshilik yoningizda turadi. Qiziq ohirgi marta qachon kimga yaxshilik qildik? Eslolmayabsizmi men ham nega? Nega inson zoti unaqa a? Nega kundan kun yaxshilar kamaymoqda? Nega insonlar bir biriga yaxshilik qilmay qo'ydi? Hozir ko'pchilik hatto yaxshilikni ham pulga qilyabdi? Naxot o'sha oddiy kir qog'oz inson bahtidan qadridan ustun bo'lsa? Lekin yaqinlarimizga boshiga ish tushsa kasal bo'lsa yaxshilik emas qo'lni kiri pul tuzatmoqda. Naxot inson qadri shuncha past bo'lsa. Tog'ri inson farishta emas o'ziga yarasha gunoxlari hatolari bor hammani. Farishta bo'lolmas ekanmiz kelin hech bo'lmasa hatolarimizdan saboq chiqarib gunoxlarimizi yuvib yaxshi inson bo'laylik. Shuni aslo unutmang u dunyoga hech qanday pul boylik olib ketolmaysiz u dunyoga siz bilan faqat qilgan yaxshiliklaringizni olib ketasiz. O'lim esa haq har birimizi boshimizda tushushi muqarrar. Yana shuni bilinki bu dunyoda ham sizdan faqat yaxshilik qoladi. Chunki yaxshilik hech qachon unitilmaydi. Dunyoda oz bo'lsa ham yaxshilar bor. Yaxshilik borku dunyo bor. Yaxshilar borku dunyo munavvar. Qo'lni qo'lga bering yaxshilar sizni yenga olmas yomonlar. Dunyo turguncha turar yaxshilar. Doim bor bo'ling aziz yaxshilar. Qadrli zamondosh sizchi qachon va kimga yaxshilik qildiz? Fikr mulohazalarizi kutib qolaman. Hammangiz u dunyo va bu dunyo yaxshiliklarini sog'inib tilab qoluvchi miranda_89.

Men sizni yaxshilik bilan yengaman(sher).
Doim menga yomonlik qilasiz.
Goh ortimdan g'iybatimi qilasiz.
Menga azob berib o'n kilo semirasiz.
Men sizni yaxshilik bilan yengaman.

Do'stim deb ishongandim.
Dushmandan battar ekansiz bilmagandim.
Ahir men sizga yomonlik qilmagandim.
Men sizni yaxshilik bilan yengaman.

Biling qaytar dunyo qaytadi.
Har kim ekkanini o'radi.
Har yomonlikni olloh ko'rib turadi.
Men sizni yaxshilik bilan yengaman.

Menga tosh otsangiz,men sizga gul otaman.
Meni g'iybat qilsangiz,sizni duo qilaman.
Yomonliklaringizni kulib qarshi olaman.
Men sizni yaxshilib bilan yengaman.

Bormisiz qo'l bering yaxshilar.
Menga yordam berini qaydasizlar.
Yaxshilikni yenga olmas yomonliklar.
Men sizga yaxshilik tilab qolaman.

Haqiqat egilsada sinmas.
Yaxshilik hech zamonda unutilmas.
Barno hech kimga yomonlikni ravo ko'rmas.
Men hammaga yaxshilik tilab qolaman.
miranda_89 (barno) 11.05.2011.

Яндекс.Метрика