У нас есть только
оригинальные песни

YAXSHILIKNI BILMAYDIGANLAR!!!

calendar 11.10.2012
2732


YAXSHILIKNI BILMAYDIGANLAR!!!

Kimlar uchun yugurdim yeldim,
Tovonimga to`ldi tikanlar.
Bu dunyoda ko`p ekan bildim,
Yaxshilikni bilmaydiganlar.

Olib chiqsang daryodan omon 
Nish urarmish yelkangga chayon,
Chayondan xam bo`larkan yomon,
Yaxshilikni bilmaydiganlar.

Boringni xech ko`rolmas ekan,
Yo`g`ingni xam berolmas ekan.
Bir kuningga yarolmas ekan
Yaxshilikni bilmaydiganlar.

Qo`yni bersang agar exsonga
Qaarzsan derkan endi arqonga
Rosti tegib ketarkan jonga
Yaxshilikni bilmaydiganlar.

Qo`y shoiro muncha kuyma bas
Yaxshilik qil qilsang beg`araz
Xudo bilsin bilmasa bilmas 
Yaxshilikni bilmaydiganlar.
Яндекс.Метрика