У нас есть только
оригинальные песни

Yekaterinburgda 220 metrli teleminora portlatildi (video)

calendar 24.03.2018
1659

Yekaterinburgda 220 metr keladigan teleminora portlatildi. Mazkur bitmay qolgan inshoot shahardagi eng baland bino hisoblanar edi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Ma’lum qilinishicha, teleminorani portlatishdan oldin aholini ogohlantirish uchun ikki marotaba sirena yangragan. Bir necha daqiqadan so‘ng esa portlash sodir bo‘lgan va minora qulagan.

Yekaterinburg teleminorasini qurish ishlari 1983-yilda boshlangan. Uning balandligi 361 metrga teng bo‘lishi, signal esa butun Sverdlovsk viloyatiga tarqalishi kerak edi. 1991-yilda qurilish ishlari moliyaviy qiyinchiliklar sabab to‘xtatib qo‘yilgan. Bitmay qolgan teleminorada ofislar, sport markazlari, FHDYo, attraksionlar, kinoteatr, ibodatxona qurish rejalashtirilgan, biroq bularning birortasi amalga oshirilmasdan qolib ketgan.

 

Яндекс.Метрика