У нас есть только
оригинальные песни

Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar

calendar 24.02.2017
5388

26 fevral, yakshanba kuni sayyoramiz aholisi noyob astronomik hodisa – halqasimon quyosh tutilishining guvohi bo'ladilar, deb xabar bermoqda "Vechernyaya Moskva" nashri.

Biroq hamma ham bu hodisaning guvohi bo'la olmaydi. Bu quyosh tutilishidan Janubiy Amerika va Janubiy Afrika aholisi chinakamiga zavq oladilar. Quyosh botishi vaqtida bu hodisa Chili va Argentina hududidan ayniqsa ajoyib ko'rinadi. Quyosh tutilishi Tinch okenida boshlanadi.

Olimlarning aytishicha, bu hodisa Oyning Yer sirtiga tushayotgan soyasi o'lchamlari bilan tushuntiriladi. Bu soya 270 kvadrat km ni tashkil qiladi. Bunda Oy Quyoshning qoq o'rtasiga turib, uni 99 foizga to'sadi va bu hodisa kamdan-kam sodir bo'ladi. Ta`kidlanishicha, ushbu hodisa kuzatuvlar olib borilayotgan vaqtdagi eng ingichka halqaga ega bo'lishi bilan e`tiborlidir. 

Quyosh tutilishi odamlar sog'lig'iga ta`sir qiladi, deb taxmin qilinadi. O'ta hissiyotli odamlar bu kuni nosog'lom yegulik tanovul qilishdan, mashina haydash va parvoz qilishdan o'zlarini tiyganlari ma`qul. Ushbu quyosh tutilishi 2017 yildagi birinchisi bo'ladi.

Яндекс.Метрика