У нас есть только
оригинальные песни

Yer atrofini bir soatda aylanib chiqa oluvchi samolyot yaratish g'oyasi taklif qilindi

calendar 30.01.2016
1530

Bombardier samolyotsozlik korporatsiyasi asoschisi, muhandis va dizayner Charlz Bombarde ayni vaqtdagi mavjud texnologiyalar va yutuqlar yo'lovchilarni Nyu-Yorkdan Londonga 11 daqiqada yetkaza oladigan yoki Yer atrofini bir soatda aylanib chiqa oladigan gipertovushli samolyot yaratishga imkon beradi, deb aytmoqda.

Taklif qilingan g'oyaga ko'ra, Antipode deb nomlangan layner qanotlariga mahkamlanadigan ko'p marotaba foydalanish mumkin bo'lgan, ajraluvchi raketa tezlashtirgichlaridan foydalangan holda istalgan aerodromdan ucha oladi. Layner 12 ming metr balandlikka ko'tarilgach, 6000 km/soat tezlikka yerishgandan keyin, tezlashtirgichlar samolyotdan ajraladi va mustaqil ravishda uchish maydonchasiga qaytadi.

Undan keyin bort kompyuteri samolyotni 28800 km/soat tezlikkacha tezlashtirish uchun gipertovushli reaktiv dvigatelni ishga tushiradi.

Qanotlar va korpusning tumshuq qismi qizib ketmasligi uchun tumshuq qismidagi soplo va qanotlarning old chetlaridagi soplolarga tovush tezligidan yuqori tezlikda kiruvchi havo oqimidan foydalanish taklif qilinmoqda.

G'oya muallifining fikricha, Antipode’ning yo'lovchilari soni 10 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak. Bundan tashqari, samolyot nafaqat fuqarolik, balki harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin.

Biroq “qushcha”ning o'zi arzon bo'lmaydi. Bombardening hisob-kitoblariga ko'ra, bunday samolyotning bir donasi 150 mln dollarga aylanadi.

Яндекс.Метрика