loading...

 

Yer orbitasiga sayohat narxi 30–40 mln dollar turishi ma’lum bo‘ldi

Kosmik turistlarning Yer quyi orbitasiga sayohati uchun bitta o‘rin narxi 30–40 million dollarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning “Roskosmos” davlat korporatsiyasi rahbari Igor Komarov CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Fazodagi birinchi turistlarga aylanishni istaydigan badavlat shaxslar ro‘yxati mavjud. Quyi orbital parvozdagi bitta o‘rin 30–40 million dollar turadi. Buning uchun da’vogar bir yil davomida tibbiy testlar va zaruriy tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘ladi”, — uning so‘zlarini keltiradi “Interfaks”.

Aytilishicha, kelajakda turistlar dam olish kunlarini Oyda o‘tkazishi mumkin bo‘ladi, negaki Yevropa kosmik agentligi Rossiya, AQSh, Xitoy, Hindiston va Yaponiya bilan hamkorlikda doimiy Oy bazalarini qurishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunga qadar yetti nafar turist orbitaga chiqdi. Ularning bari Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemalarida orbital parvozlarni amalga oshirdi.


Комментарии (0) | Добавить: 16.06.2016

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

YouTube’da video ko'rish miqdori bir kunda milliard soatga yetdi
Buxoro viloyatida may oyida XVI an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali o‘tkaziladi
Muvaffaqiyatli rahbarning 5 fazilati
Rossiyadagi xalqaro festival tanlovida o‘zbekistonlik sartarosh g‘olib bo‘ldi
"Bilayn" aloqa operatorining nomi o'zgarishi mumkin
AQSh savdo vaziri lavozimiga 79 yoshli milliarder tayinlandi
"O'ztransgaz": gaz ta`minotida uzilishlar bo'lmaydi
Afsonaning qaytishi - Nokia 3310
Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi