У нас есть только
оригинальные песни

Yevro-2016 uchrashuvlarini "UzReport TV" telekanalida o'zbek va rus tilidagi sharhlarda tomosha qiling!

calendar 10.06.2016
1926

Shu yilning 10 iyun kuni Fransiyada futbol bo'yicha Yevropa chempionati bahslari start oladi.

Yevro-2016 uchrashuvlarini O'zbekiston bo'ylab translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqiga ega bo'lgan “UzReport TV” telekanali mazkur musobaqani muxlislar e'tiboriga yuqori sifatda namoyish qilish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rildi. 

Ma'lumot uchun, “UzReport TV” telekanali Yevro-2016 musobaqasining barcha 51ta uchrashuvini namoyish qiladi. Shulardan 45tasi to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etilsa, 3-turning parallel ravishda o'tadigan 6ta o'yini yozib olingan holda efirga uzatiladi. Bundan tashqari, 7ta pley-off uchrashuvlari (1/4, 1/2 va final) “UzReport TV” telekanalida takroran ham namoyish etiladi.  

Ko'p sonli muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, “UzReport TV” telekanali Yevro-2016 o'yinlarini o'zbek televideniyesi tarixida birinchi marta bir vaqtning o'zida ikki tildagi – o'zbek va rus tillaridagi sharhini yo'lga qo'ymoqda. “Telekanalimiz muxlislari pult orqali televizor yoki tyunerlaridagi maxsus bo'limga kirib, o'zlari istagan audio kanalni tanlashlari va Yevro-2016 o'yinlarini o'zbek yoki rus tilidagi sharhda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

“Texnik jihatdan amalga oshirilgan ushbu yangiligimiz bosqichma-bosqich kengaytirilib boriladi. Hozircha Yamal 401 sun'iy yo'ldoshi hamda “O'zbektelekom” AKning “Telekom TV” IPTV xizmati orqali telekanalimizni tomosha qilayotgan muxlislar ushbu imkoniyatdan foydlanishlari mumkin. Telekanalimiz muxlislari uchun yaratilayotgan mazkur texnik imkoniyatlar “O'zbektelekom” AK bilan hamkorlikda yo'lga qo'yildi.

Ushbu texnik yangiligimiz O'zbekistondagi ko'p millatli futbol muxlislari uchun Mustaqilligimizning 25 yilligiga munosib tuhfa bo'ladi, deb umid qilamiz”, - deydi “UzReport TV” telekanali texnik direktori Saidumar Xodjayev.

Yevro-2016 o'yinlarini o'zbek tilida Davron Fayziyev, Sanjar Rizayev, Yoqubjon Bobojonovlar bilan birgalikda yurtimizning taniqli aktyori, iste'dodli san'atkori, qisqa muddat professional futbolchi sifatida ham faoliyat olib borgan Alisher Uzoqov sharhlab boradi.

Rus tilida esa Otabek Djurayev va Jasurbek Gaybullayevlar safiga 2010 yil Rossiyaning “NTV Plyus” telekanali tomonidan o'tkazilgan sharhlovchilar konkursida finalga qadar yetib borgan  hamyurtimiz Aziz G'ulomov, yaqindagina 50 yoshni qarshilagan mashhur futbol yulduzi, 12-Osiyo o'yinlari g'olibi Azamat Abduraimovlar qo'shildi.

Shu bilan birgalikda, Rossiyaning “MATCH TV” telekanali taniqli sharhlovchisi Aleksandr Yelagin yurtimizga tashrif buyurgan holda, Yevro-2016 o'yinlarini pley-off bosqichidan boshlab finalga qadar, “UzReport TV” telekanali orqali sharhlab boradi.

 “UzReport TV” telekanali orqali Yevro-2016 bahslarini tomosha qiling hamda sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang!

Яндекс.Метрика