У нас есть только
оригинальные песни

Yevropa AQSh bojlariga javob qaytardi

calendar 20.06.2018
884

Yevrokomissiya AQSh tomonidan Yevropa po'lat va alyuminiysiga bojlar joriy etilishi bo'yicha javob choralariga oid bir qarorga keldi. Bu haqda YeK saytida xabar qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, javob choralari AQShning qiymati 2,8 mlrd dollarlik tovarlarini qamrab oladi. Cheklovlar juma, 22 iyundan kuchga kiradi.

«YeIning muvozanatlashtiruvchi choralari AQSh bojlarni bekor qilmaguniga qadar amal qiladi. Bu JST kelishuvlari va YeI qonunchiligiga muvofiq ro'y beradi», - deya ma`lum qilishgan YeKdan.

YeI Amerika guruchi, apelsin sharbati, yer yong'oq moyi, tamaki mahsulotlari va turli kiyim-kechaklarga 25 foizlik bojlar joriy etadi.

Яндекс.Метрика