У нас есть только
оригинальные песни

Yevropa ko‘chalarida birinchi haydovchisiz avtobuslar yura boshlaydi

calendar 28.09.2015
1372

Niderlandiyaning Vageningen shahri ko‘chalarida dunyo bo‘yicha birinchi haydovchisiz avtobuslar yura boshlaydi.

Yangi avtobus WEpod deb nomlanib, unda olti kishi qulay joylasha oladi. Ushbu loyiha Vageningen shahriga tegishli bo‘lib, avtobus Ede va Vageningen shaharlari o‘rtasidagi 17 daqiqalik masofada qatnay boshlaydi.

Avtobuslar Shveysariyaning EasyMile kompaniyasi tomonidan yaratilgan avtomobillarning zamonaviylashtirilgan versiyasidir. Uning maksimal tezligi soatiga 24 kilometrni tashkil etib, avtobusning harakati dispetcherlar tomonidan doimiy ravishda kuzatib turiladi.

Haydovchisiz avtobuslar GPS ma’lumotlaridan foydalanadi. "Agar yo‘l atrofidagi daraxtlar tufayli GPS tizimi aniqligi pasaysa, avtobus tegishli joyning obyektlarini tanib olish orqali mo‘ljal ola boshlaydi”, — deydi loyiha yaratuvchilaridan biri Yoris Iysselmuyden.

Яндекс.Метрика