Yevropa Ligasi. Qur`a qanday kuchli juftliklarni hosil qildi?

Bu yilgi Yevropa Ligasi juda qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. So'nggi yillarda Chempionlar Ligasining kuchli jamoalari sanalgan «Atletiko», «Borussiya», «Arsenal», «Napoli» va yaqin o'tmishning eng kuchli klublaridan biri «Milan» kabi klublar bu sovrin uchun bahsga kirishadi. 16 juftlikka sochilib ketgan bu jamoalarni darrov payqash qiyindek ko'rinadi. Ammo bu bosqichda ham alohida e`tiborga molik juftliklar borki, «Tribuna.uz» bu to'qnashuvlar haqida fikr yuritadi.

BORUSSIYa DORTMUND (Germaniya) – ATALANTA (Italiya)

Kuchli beshlik chempionatlari yetakchi jamoalarining o'zaro o'yinlarini ko'p kuzatamiz. Ammo ushbu ligalarni solishtirishda o'rtamiyona jamoalarning bunday to'qnashuvlardagi natijasi har tomonlama qiziq bo'lsa kerak.

«Atalanta» nomini Yevropa miqyosdagi turnirlarida deyarli eshitmagan bo'lsak-da, A Seriya ishqibozlari uchun bo'sh nom emas. Albertinidan tortib aka-uka Indzagilargacha, Veridan tortib, Donadonigacha ushbu jamoa orqali futbolga kirib kelgan. Mashhur Klaudio Kanijjaning ham uch yil «Atalanta» libosida maydonga tushganini ko'pchilik eslamasa kerak.

Bergamoliklar milliy chempionatda o'tgan yilgi natijalarini takrorlay olmayotgan bo'lishsa-da, Yevropa Ligasi guruh bosqichida ko'pchilikni hayron qoldirishdi. «Lion», «Everton» kabi kuchli jamoalar joylashgan guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritishdi. Ayniqsa, inglizlar ustidan har ikki o'yinda qozonilgan yirik g'alabani alohida e`tirof etish lozim.

Piter Bosh qo'l ostida mavsumni juda kuchli boshlagan «Borussiya» esa, so'ngi ikki oyni o'ta yomon o'tkazdi. G'alabasiz ikki oy oqibatida jamoa Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi, Bundesligada peshqadamlikdan sakkizinchi o'ringa tushib ketdi. Yangi murabbiy qo'l ostida kecha nihoyat o'z g'alabasini nishonlagan dortmundliklar ushbu turnirda jiddiy e`tibor qaratishlarini kutish mumkin.

Jamoa agar Bundesligada o'zini o'nglab olsa, baribir chempionlik uchun kurasha olmaydi, bu degani, sovrin yutish uchun bu turnir juda ahamiyatli bo'lib qoladi. Agar «Borussiya» o'zini o'nglay olmasa, kuchli to'rtlik uchun ham imkoniyatini pasaytirib yuborishi mumkin. Yevropa Ligasi esa, kelasi mavsumda YeChLda qatnashish uchun yana bir imkoniyat.   

NITsTsA (Fransiya) – LOKOMOTIV (Rossiya)

Legionerlarimizning o'yinlarini diqqat bilan kuzatadigan muxlislar uchun juda qiziqarli juftlik. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov «temiryo'lchilar» safida yetakchi himoyachilardan biriga aylangan va yevrokuboklar Denisov uchun juda yaxshi tajriba vazifasini o'tab beradi. Pley-offning ilk bosqichidayoq Mario Balotelli, Uesli Snayder kabi yulduz futbolchilarga qarshi to'p surish qur`aning omadli kelganidan nishona, albatta.

«Lokomotiv» Rossiya chempionatida juda ishonchli harakat qilyapti va jamoaning asr boshlaridagi nufuzini qayta tiklash yo'lida jiddiy qadamlar tashlanganini payqash oson. Jamoa 8 ochkolik farq bilan peshqadam sifatida tanaffusga chiqdi va bahorda yana 11 tur davomida o'z ustunligini saqlab qolishi kerak.

«Nitstsa» o'tgan mavsumda, oradan 40 yil o'tib, Fransiya chempionligi uchun kurashib ko'rdi, ammo «Monako» va «PSJ»ning tajribaliroq ekani, nitstsaliklarga «Monpele»ning qahramonligini takrorlash imkonini bermadi. Ammo Yevropa Ligasida Lusen Favr shogirdlarida uzoqroqqa borish imkoniyati mavjud. Jamoa yetakchisi yuqorida tilga olingan futbol yulduzlari emas, 26 yoshli Jan Mishel Seri hisoblanadi. Uni yozda hatto «Barselona» o'z safida ko'rmoqchi bo'lgan, transfer qiymati 40 million yevro deb baholangandi. Ammo bu transfer amalga oshmadi, endi esa, ushbu hujumkor yarim himoyachiga «Manchester Siti» qiziqib qolgan.   

NAPOLI (Italiya) – RB LeYPTsIG (Germaniya)

Bu juftlik aynan ushbu mavsumda Chempionlar Ligasi nimchorak finalida ham duch kelishlari mumkin edi. Har ikki jamoa mavsumni Chempionlar Ligasida boshlagan va so'nggi turlargacha imkoniyatini saqlab turgandi. Ammo so'nggi turda deyarli ochko kerak bo'lmagan «Manchester Siti» va «Monako» ushbu juftlik raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.

A Seriya g'olibligi uchun kurashayotgan «Napoli» uchun balki Yevropa Ligasida qatnashish ortiqcha bo'lar, ammo biz neapolliklarning boshqacha o'ynay olmasliklarini juda yaxshi bilamiz. Kutish mumkinki, jamoa o'z muxlislari qarshisida yarim kuch bilan o'ynamaydi.

Uslub jihatidan har ikki jamoa bir-biriga o'xshash – hujumkor, tezkor va yuqori pressingga asoslanadi. «RB Leyptsig» o'tgan yilgi natijalar tasodif emasligini isbotlashda davom etmoqda va Bundesliga «Bavariya»ga eng yaqin bo'lgan jamoa bo'lib turibdi. Klub o'tgan mavsumdagi deyarli barcha yetakchilarini o'z safida saqlab qola olgani tahsinga sazovor. Demak, Zabittser, Varner, Keyta, Forsberg kabi futbolchilar kelasi yozda top klublarga o'tish oldidan o'zlarini juda yaxshi reklama qilib olishlari uchun Yevropa Ligasi ayni muddao.    

OLIMPIK LION (Fransiya) – VILYaReAL (Ispaniya)

2015/16 yilgi mavsumda «Vilyareal» ushbu turnir yarim finalida «Liverpul»ga imkoniyatni boy bergandi. O'tgan mavsumda esa, «Lion» xuddi o'sha bosqichda «Ayaks» qarshiligini yenga olmadi va final ostonasida qolib ketdi.

Ya`ni bu jamoalarning Yevropa Ligasining doimiy favoritlari qatorida tilga olish mumkin. Ayniqsa, «Lion» so'nggi ikki yilda oldinga juda dadil qadamlar tashlamoqda va Fransiya  chempionatidagi beqaror klubdan «PSJ»ning eng yaqin ta`qibchisi maqomiga juda tez sur`atlarda yetib keldi. Mariano Dias, Nabil Fekir va balki Memfis Depay keyingi mavsumda Liondan uchirma bo'lishi mumkin.

Har ikki jamoa holatini qaysidir ma`noda yuqorida tilga olingan «Borussiya» holatiga o'xshatsa bo'ladi. Ichki frontlarda «Lion»ga ham, «Vilyareal»ga ham non yo'q. Boshi uzra biror sovrin ko'tarish uchun esa, bu turnir ayni muddao.

Shuningdek, «Vilyareal»ning Ispaniya chempionatida kuchli to'rtlikdan ancha ortda qolganini ham ta`kidlash kerak. Ya`ni jamoa faqat Yevrpopa Ligasi orqali kelasi mavsumda YeChLda qatnashish yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin.

SPARTAK (Rossiya) – ATLeTIK (Ispaniya)

Negadir ruslar Rossiya chempioniga qur`a omadli kelganini baralla aytmoqda va asos sifatida «Atletik»ning Ispaniya chempionatidagi beqaror natijalarini keltirmoqda. La Liganing kuchliroq sanalgan jamoalaridan biri «Sevilya» ustidan 5:1 hisobida qozonilgan g'alaba balki «Spartak»ning kuchini mubolag'alashtirib yuborgandir.

Ammo besh yil oldin Yevropa Ligasi finaligacha yetib borgan, Ispaniyada tez-tez Qirollik kubogi finaliga chiqib turadigan bilbaoliklar aynan kubok o'yinlarida juda xavfli ekanini e`tirof etish kerak. Umuman ispan jamoalari, ayniqsa, «Atletik» kabi o'rtamiyona bo'lsa, bahorni butunlay Yevropa kuboklariga bag'ishlashni yaxshi ko'rishadi. Esingizda bo'lsa, o'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida o'rtada qolib ketgan «Selta» bor e`tiborini Yevropa Ligasiga qaratgan va Liga o'yinlarida ikkinchi tarkibni tushirib yuravergan. Oqibatda vigoliklar «Manchester Yunayted»ga qanchalik xavf tug'dirganliklarini va finalga juda yaqin kelganliklarini eslash kifoya.

«Atletik» ham xuddi o'sha seriyadan. Rossiya klublari tanaffusga chiqib ketganliklari va fevral oyida optimal sport formaga kirishga ulgurmay qolishlarini ham e`tiborga olsak, bu juftlikda «Atletik»ning imkoniyatlarini yanada oshirib baholash mumkin.

Nima bo'lganda ham, bu juftlik ko'rishga tavsiya etiladigan juda qiziqarli bahs bo'lishini ishonchimiz komil.

Shuningdek, ko'pchilik uchun qiziq bo'lgan boshqa jamoalarning ham 1/16 finaldagi raqiblarini yana bir bor eslatib o'tamiz:

Kopengagen – ATLeTIKO, AYeK – DINAMO KIYeV, Seltik – ZeNIT, Ludogorets – MILAN, ASTANA – Sporting, Estersund – ARSeNAL, Tsrvena Zvezda – TsSKA.

Dastlabki o'yinlar 15 fevralda, javob o'yinlari esa, bir haftadan keyin bo'lib o'tadi.


Комментарии (0) | Добавить: 13.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi