У нас есть только
оригинальные песни

Yevropadagilar AQSh Rossiyadan himoya qila olishiga ishonishmayapti

calendar 17.06.2018
930

Latviya prezidenti Raymond Veyonis ma`lum qildiki, Yevropa «qator chaqiriqlar, xususan Rossiya tomonidan keladigan chaqiriqlar» qarshisida faqatgina AQShga umid qilib qolmasligi kerak. Bu haqda TVnet portali xabar tarqatgan.

Latviyaliklar prezidenti so'zlariga ko'ra, NATO davlatlariga hozirda bir qancha tahdidlar mavjud: Shimoliy Atlantika alyansi janubi, Suriya va Shimoliy Afrikadagi beqaror vaziyat, Xitoy ta`siri kengayib borayotgani shular jumlasidan. Siyosatchi bunday xavotirli jihatlardan biri sifatida — «Rossiya o'z muskullarini namoyish etayotgani»ni keltirib o'tgan.

Veyonis G'arbning birligi xavf ostida qolganini qayd etib, xavfsizlikni mustahkamlash, gibrid tahdidlarga qarshi javob qaytarishga chaqirgan.

3 iyun kuni NATO Rossiya tomonidan bo'ladigan ehtimoliy hujumni qaytarish uchun qo'shimcha 30 ming kishilik zaxira tayyolashi ma`lum qilingandi. Bunday birlashma 30 kun ichida jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilib, uning ixtiyorida yuzlab qiruvchi samolyotlar va harbiy kemalar bo'lishi nazarda tutilgan.

O'z navbatida Rossiya ham NATO «Yevropaning kelishuvlarda ko'zda tutilmagan hududlari»da harbiy qudrati orttirib borilayotganidan tashvish bildirgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NATO tomonidan o'tkazilayotgan harbiy mashg'ulotlar soni ortayotganini qayd etgan.

Яндекс.Метрика