У нас есть только
оригинальные песни

YIGIT QIZNI TASHLAB KETDI BUNGA KIM AYBDOR!!!(dolzarb baxs).....

calendar 30.06.2011
7021


Assalomu alaykum hurmatli saytdoshlar. Bugun e'tiborizga havola etmoqchi bo'lgan mavzuyim juda jiddiy va dolzarb mavzudur.Bugun bugungi kun sevgisi va ayriliqqa nima sabab bo'lishini tahlil qilamiz..... 


Yigit bilan qiz bir birini sevdi. Lekin ularni muhabbati uzoqqa cho'zilmadi. Nima bo'ldiyu yigit qizni tashlab ketdi. Ho'sh bu ayriliqqa kim aybdor?.... Bu holatda ko'pincha butun aybni qizlar yigitlarni,yigitlar qizlarga ag'daradilar...... Aslidachi kim aybdor bu ayriliqqa?
Kelin endi shu savolga aniqlik kiritib tahlil qilishga harakat qilamiz......

O'zim qiz bola bo'lganim uchun birinchi aybni qizdan qidiramiz...
Menimcha qizni birinchi aybi bu ishonuvchanligida. Sohta oshiqni '' oyni olib beraman yulduzlardan marjon to'qib beraman'' degan yolg'on so'ziga laqmaday ishonganida. Keyin shirin so'zga erigani ham aybi. Masalan yigit qizni '' hayotim'' deydi. Kechirasizu qanaqasiga siz uni hayoti bo'lasiz agar hayoti bo'lganizda sizni tashlab ketarmidi a? Yana '' Sensiz yashay olmayman'' deydi bu endi umuman bo'lmagan maharot bilan aytilgan quruq gap. Sizdan oldin ham yashagan , keyin ham yashaydi bu fakt narsa. Yana men hayron qoladigan bir narsa ko'pincha qizlarimiz aldanyotgani bilib turadida kegin tashlab ketsa yig'laydi. Endi bu yig'lashiz nimasi, foyda bormi yig'i sig'idan? Ayb o'zizdaku nega ishonasiz mahorat bilan aytilgan shirin yolg'onga. Sizga shu kerakmidi? Bu ayriliqqa qizning yana bir aybi bir hatolikka yo'l qo'ygani va bu yigitni qizdan ko'ngli qolishiga va ayriliqqa sabab bo'lgan bo'lishi mumkun. Shuni bilingki qizlar agar siz sizga nisbatan bildirilgan ishonchni yo'qatishga yo'l qo'ymasangiz sizni hech qachon tashlab ketmaydi. Shu yerda yigitlarni bir sirini ochaman '' mahorat bilan aytilgan shirin so'z yigitning sevgi qurolidur'' siz mana shu maharotli yolg'on qurolini nishoniga aylangansiz mana aybiz nimada...

Yuqoradigi gaplarni o'qib yigitlar ja semirib ketmelar ayb qizlardeykanku deb. Yigitlarimiz ham ja oppoq emas. Vadani qop qop beradida. Otvichay desang minga suradi. Shunday yigitlarimiz ham bor ekanki qizlarni do'stlariga men bilan palonchi qiz gaplashyabdi deb maqtanish uchun sevarkan. Bu endi nimasi yigitlar. Sizlarni ham singlingiz opangiz bordur. O'sha siz o'zizcha harp qilib tashlab ketgan polonchixon ham kimnidur qizi kimnidur opasiku shuni unutmang. Bir qizni harp qildim deb semirib do'stlarizga bu haqda maqtanishdan oldin sizni ham singliz, opangiz borligini bir eslab qo'ying. Sevmas ekansiz nima foyda topasiz aldab a? Menimcha haqiqiy o'zbek yigitida gap bitta bo'ladi. Yigit qasam ichmidi yigitni so'zi qasam degan gaplar qayoqda qoldi a? Bilasiz ayol kishi baribir ojiz bo'ladi. Shunday damda siz uni tashlab ketmasdan sevganiz uchun kurashsangiz bo'lmidi? Yo'q bazi yigitlarimiz esa kichkina muammo bo'ldimi qo'rqoq quyonday qochvoradi. Shu ish yigitlik g'ururiga tog'ri keladimi? Shu o'zbekning mard yigitiga yarashadimi?
Shunday yigitlarimiz bor ekanki bir qiz bilan yurib yurib srogi tugandan kegin osongina tashlab ketarkan. Hech o'ylaganmisiz endi u qizni taqdiri nima bo'ladi deb. Yurishda yurib qizni qancha gap so'zga qo'yib qo'yib kegin qo'rqoqday qizni tashlab ketgan bazi yigitlarni qanday oqlash mumkun?

Shu onda yana bir savol tug'uladi. Nima odamlar bir birini ayrilish uchun sevadimi?
Ho'sh ayrilisharkan unda nega sevishadi? Nega hozirgi kunda sevishganlar juda ko'pu lekin sevgisiga vafolisi kam? Bularning barchasiga esa bitta javob berish mumkum. Chunki hozir sevishganlarni bir biriga ishonchi yo'q. Muhabbat esa ishonchsiz barbod bo'ladi.

Ko'cha ko'yda ketayotib hohlaymizmi yo'qmi kuzimiz padrushka qilib yurgan oshiqlarni tekin tomashasiga tushadiyu hayron qolaman. Iyi mana bu qiz kecha boshqasi bilan padrushka qilib yurudiyu. Ertasiga esa yigitni ko'rib iyi mana bu bola kecha mana bu qizni dugonasi bilan yurudiyu. Bunday achinarli holmi ko'rib tilimga faqat bitta ruscha aralash so'z keladi. Toji mnya nashlis Romeo i Juletta diyman.
Naxotki hozir sevgi shu darajada faqat ko'ngil yozish uchungina yaralgan tuyg'uga aylanib qoldi. Ayriliqqa esa aynan mana shu sevgiga yengil qarashimiz sababdur.

Qadimda bejizga aytishmagan. Muhabbatni chidaganga chiqarkan. Sinovda sinalmaguncha muhabbat haqiqiy bo'lmaydi. Hozir odamlar sevadiyu lekin sinovga kelganda oson vos kechadi mana ayriliqqa sabab....

Ehtimol kimdur aytar ayriliqqa sabab taqdir deb. Taqdirni esa eng avvalo insondi o'z qo'lida.......

Hulosa shuki seving seviling bahtli bo'lingu. Lekin sevishdan oldin sevgi nima ekanini yaxshilab tushunib oling shunda siz muhabbat sinovlaridan o'tishiz oson bo'ladi. Albatda bu meni shaxsiy fikrlarim edi. Kimnidur asabiga tekkan yoki notog'ri fikr yozgan bo'lsam uzr. Yana bir bor aytaman bu shunchaki shaxsiy fikr. Hurmatli saytdosh sizchi yigit qizni tashlab ketsa kim aybdor deb o'ylaysiz?
Bugungi kun sevgisi haqida qanday tanqidiy fikrlariz bor. fikr mulohazalaringizni izohlarda kutib qolaman hurmat bilan

miranda_89(barno)......
Яндекс.Метрика