У нас есть только
оригинальные песни

“Yil imomi – 2015” ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

calendar 03.11.2015
2165

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasidagi "Yil imomi – 2015” ko‘rik tanlovining yakuniy – Respublika bosqichi 2015-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘n to‘rt nafar iqtidorli imom-xatiblar qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 225 ball to‘plagan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi "To‘xtaboy” jome’ masjidi imom-xatibi Begmatov Isoqjon birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va O‘zbekiston musulmonlari idorasining birinchi darajali diplomi, kompyuter jamlanmasi va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ikkinchi o‘ringa munosib deb topilgan, Samarqand viloyati Samarqand shahri "Xo‘ja Abdu Darun” jome’ masjidi imom-noibi Bahriyev Qamariddin va Toshkent viloyati Bekobod tumani "Chanoq” masjidi imom-xatibi Buxorboyev Yoqubga O‘zbekiston musulmonlari idorasining ikkinchi darajali diplomi, televizor va boshqa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Uchinchi o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar "Imom Eshon” jome’ masjidi imom-xatibi Baxramatdin Razov va Buxoro viloyati Buxoro shahar "Xo‘ja Ismat” jome’ masjidi imom-xatibi Salohiddin Gadoyev loyiq ko‘rildi.

Яндекс.Метрика