У нас есть только
оригинальные песни

Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar!

calendar 15.11.2015
2664

Qadamingdan xato gumonlaydilar, 
Uchragan kimsaga yomonlaydilar, 
Senga omad kelsa tutarlar motam, 
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar.

Kerak bo'lsang darrov toparlar lekin,
Ishing tushsa bir bor qocharlar sekin, 
Yelkangga ortishib g'iybatlar yukin, 
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. 


Odamlar, odamlar ne bo'ldi sizga, 
Qalbingiz bunchalar to'lmoqda muzga, 
Tashvishingiz yo'qmi xasaddan o'zga, 
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar!

Kimda kim yolg'on gap tashib o'rtada, 
Uyalib qoladi o'zi ertaga, 
Qo'l berib yupatib qo'ymay qaytaga, 
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar.

Bilolmadim kimga tegdi zararim, 
Ayblarim, ko'pidan yo'qdir xabarim, 
Bir dasturxonda tuz totgan jigarim, 
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. 


Pul nima, pul qo'lning kiri deydilar, 
Pul uchun bir birin go'shtin eydilar, 
Oyog'ingdan chalmay yasholmaydilar, 
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. 


Ter to'kib erta kech, qilibman mehnat, 
Ostonamdan yo'qlab kelibdi omad, 
Bitta yangi kastyum kiyib chiqsang ham, 
Shuni ham ko'rolmay qilishar xasad!

Bir eslab qo'ymaslar yo'limga zor deb, 
Ahad Qayum degan bir shoir bor deb, 
Mening davrim keldi, bizning bozor deb, 
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar.

Ahad Qayum

Яндекс.Метрика