У нас есть только
оригинальные песни

Yirik korporatsiyalar YouTube’ni boykot qilmoqda

calendar 25.11.2017
1079

Bir nechta yirik korporatsiyalar YouTube’da reklama berishdan bosh tortishdi, bu ularning reklamasi nomaqbul izohlarga ega bolalar roliklarida ko'rsatilgani ma`lum bo'lganidan so'ng yuz berdi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Ta`kidlanishicha, bunga «Bi-bi-si» telekompaniyasi va Times gazetasi tomonidan izohlarni moderatsiya qilishning nomaqbul tizimi bo'yicha o'tkazilgan surishtiruvi sabab bo'lgan. Ularning ma`lumotlariga ko'ra, ishdan chiqish yaxshi bo'lmagan kontent ustidan shikoyat tizimiga tegishli bo'lgan, shu sababdan ma`murlar foydalanuvchilar shikoyat qilgan havola va matnni olishmagan. Yakunda nomaqbul izohlar uzoq vaqt davomida bolalar videosi ostida turishi ham mumkin bo'lgan.

Shundan so'ng ko'plab korporatsiyalar surishtiruvdan «shokka tushishgani hamda xavotirda ekanliklari»ni ma`lum qilishdi. Mars va Mondelez oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, Diageo ichimliklar ishlab chiqaruvchisi, TalkTalk Britaniya internet va televideniye provayderi, Deutsche Bank nemis moliyaviy birlashmasi, Adidas sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi hamda Hewlett-Packard kompyuterlar kompaniyasi reklamadan voz kechdi.

O'z navbatida YouTube rahbariyatining ma`lum qilishicha, ularda videoyozuvlarga nisbatan aniq pozitsiya bor. 

«Biz bolalar bilan bog'liq bo'lgan nomaqbul kontent haqida ogohlantirish oladigan bo'lsak, uni qat`iy qo'llaymiz», - deya ta`kidlab o'tishgan YouTube’dan.

Яндекс.Метрика