У нас есть только
оригинальные песни

Yirtilgan so‘m: pulning kamida 55 foizi saqlanib qolgan bo‘lsa, to‘lovga yaroqli

calendar 14.02.2016
2339

Pul qanday holatda mutlaqo yaroqsiz hisoblanadi? Bir tarafdagi raqamlari yirtilgan pulni sotuvchi yoki bank qabul qilmasligi mumkinmi?

Adliya vazirligida 2008-yil 27-iyunda ro‘yxatga olingan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir  Yo'riqnoma"da so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash qoidalari keltirilgan bo‘lib, unga asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi banknotalarni, ya’ni:

  • har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, dog‘lar, qalam, siyoh va flomaster bilan yozilgan yozuvlari mavjud bo‘lgan pullar;
  • yirtilgan va yelimlangan pullar, agar pulning qismlari shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli bo‘lsa;
  • bo‘yoq moddalari va kislota to‘kilgan, tabiiy rangi o‘zgargan, kuydirilgan, bo‘yalgan yoki chizilgan pullar;
  • banknot hajmining 55 foizdan kam bo‘lmagan qismi saqlanib qolingan pullar to‘lovga yaroqli hisoblanadi hamda hech qanday moneliksiz to‘lovga qabul qilinishi lozim.

Shuningdek, shikastlanish turidan qat’iy nazar (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan, teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, ko‘karib va qorayib ketgan), o‘zining to‘la hajmini va old tomonidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tug‘dirmaydigan metall tangalar to‘lovga yaroqli hisoblanadi.

Bunday shikastlangan pullar eskirgan pullar toifasiga kiritilib, to‘lovga yaroqli hisoblanadi va banklar tomonidan ular shu qiymatdagi pullarga almashtirib beriladi.

Shunday ekan, to‘lov vositasi sifatida taqdim etilayotgan banknot yirtilgan bo‘lsa-da, banknotning 55 foizi va undan ko‘p qismi saqlanib qolgan bo‘lsa, bu pullar to‘lovga yaroqli hisoblanadi.

Яндекс.Метрика