У нас есть только
оригинальные песни

Yolg'onchi yorimning menga ravo ko'rganlari...

calendar 12.09.2011
2301

Feruza 1-kursda guruhning eng a'lochi, ilg'or qizlaridan biri edi. Uni hamma hurmat qilardi. Undan o'rnak olishga harakat qilardi. Go'zallik bobida esa unga teng keladigani yo'q edi. Oshiqlarini esa son sanog'i yo'q. Ularni doim hajrida devona qilsa qiladiki, ammo bir og'iz ham shirin so'z aytmaydi. 2-kursga o'tishdiyu, guruhlariga kelgan yangi yigitga ko'ngli tushdi. Yigit esa Feruzaga qayrilib qarashnida ravo ko'rmaydi. Feruza kun bo'yi, dars tugagunga qadar unga tikilib o'tiradi. Buni sezgan Diyor yani yangi kelgan yigit g'azab otiga minadi. "Qiz bola ham shunaqa yuzsiz bo'ladimi" deya nafratlanib qo'yadi. Feruza esa u haqda o'ylaydi, unga atab maktublar bitadi. Diyorning esa asablari taranglashadi. Feruza tishlagan joyini uzaman degan qizlardan. Tap tortmay Diyorga sevgisini izhor qildi:
-Men seni bir ko'riboq yoqtirib qolganman! Sen esa menga qiyo ham boqmaysan, nima buncha o'zingni olasan?
-Uyating bormi sen qizni? Kelganimdan buyon ko'z urushtirasan, so'mkamga qanaqangi xatlar solib qo'yasan. Sabrning ham chegarasi bor axir.
-Voy bu, na muncha osmon bo'lmasang Diyor? Seni mendek qiz sevib qolsa jon demaysanmi? Axir istitut yigitlarining yarmi meni oshiqlarim. Bir boqishimga zor.
-Hoy qiz, menga qara! Aqlingni yig'ib ol! Menga sen kabilar yoqmaydi, tushundingmi?
-Menga nima qilibdi?
-Tilimni qichitma Feruza!
-Ayt menga nima qilibdi, nega mendaqalar yoqmas ekan?
-Yuzsizsan, o'zingga ko'p ham ishonma!
-...-Feruza bu so'z zarbasidan tamom bo'ldi. Yuksaklarga ko'targani shunaqa dedimi?
-Tushunarli bo'ldimi Feruza bonu. Meni voobshe tinch qo'y. Seni yoqtirmayman. Ko'rsam g'azabim qaynaydi.
Bundan xabar topgan kursdoshlar Diyorni o'rtaga olib gap boshlashdi:
-E seni g'ururlimi desak, g'irt axmoq ekansanku o'rtoq.
-Hey, og'zingga qara, nima deyotganingni bilasanmi o'zi?
-Sen nima qilyotganingni bilasanmi? Institutimizning eng oldi qizlaridan biri senga sevgi izhor qilibdiyu, sen rad etibsanku.
-Ko'nglim yo'q, nima qilishim kerak?
-Tayyor yoningga kelib qo'ngan qushni "kisht" deb quvibsanku, uni o'rniga bir muttad laqillatib yurmaysanmi?
-Yo'q, unaqa qilolmayman.
-Axir uni o'zi senga muhabbat izhor qilibdiku,- gap qo'shdi yana bir do'sti.
-Unda nima qil deysizlar?
-Borda unga ayt, "Kecha hazillashuvdim, sendek qizni sevmay bo'larkanmi" de!
-Qo'ysangchi, qanaqa bo'larkana?
-Zo'r bo'ladi, borda ayt.
-Yaxshi, keyin gaplashamiz, xayr.
Ular shunday deya xayrlashishdi. Diyor Feruzani yoniga borib, o'lgan kunidan gapira boshladi.
-Feruz, kechagi qo'polligim uchun uzur, men seni sinab ko'rmoqchi edim. Chindan yaxshi ko'rsa, voz kechmaydi degan xayolda.
-Xo'sh sinovdan o'tdimmi? -xursand bo'lib ketdi Feruza.
-Mmmm 50%.
-Yaxshi, menga boshqa gaping yo'qmi?
-A?
-Menga nimadir demoqchimisan?
-Ha, kecha menga aytgan gaplaringni aytmoqchi edim.
-Unda ayt!
-N.nima desam ekan? Ha, men men, menga yoqasan.-Feruza baxt osmoniga uchib ketganini sezmay qoldi. Ular endi oshiq mashuqlar. Faqat aksi, Feruza Diyorga qo'ng'iroq qiladi, Diyor xoxlasa ko'taradi, xoxlamasa yo'q. Feruza Diyorning ko'chasi boshida kutib turadi, Diyor esa yashirincha yo'llardan chiqib, undan o'zini olib qochadi. Bayramlarda Feruza qimmatbaho sovg'alar oladi, Diyor esa hech vaqo. Feruza uni ko'ngliga qaraydi, Diyor esa janjal axtaradi, ammo Feruza chidaydi. Shu yusinda 2 yil ham o'tib ketdi. Ular bitirish ostonasida turgandi. Diyor har doimgidek kechikib keldi va hammaga taklifnoma tarqatib chiqdi. Shu jumladan Feruzaga ham. "Hurmatli Feruza! Sizni va olila a'zolaringizni aziz farzandlarimiz: Diyorbek hamda Niginabonularning...." Feruza davomini o'qiy olmadi? Faqat Diyorga Angraygancha qarab qoldi xolos.
-N...n..nega? Nega bunaqa qildingiz Diyor?
-Nimani kutganding? Men seni hech qachon yaxshi ko'rmaganman. Kiyinishing, yurish turishing menda g'azab uyg'otadi, qiz bola ham shunaqa ovsar bo'ladimi?
-Bas, yetar. Yetadi shuncha laqillatganing. Yo'qol endi. Yana yuragimga nashtar sanchma! -diya Feruza yig'lab yubordi.
Diyorning to'yi bo'lib o'tdi. U endi avvalgidek qovoqlarini solib yurmasdi, yuzidan baxt ufurib turardi. Feruza esa butkul o'zgargan, darsga ham ko'p bormas edi. Ko'zlari namli, yuzlari g'amli. Faqat bir nuqtaga termulgancha o'tirardi. Quloqlari ostida Diyorning so'zlari yangrardi:"Kiyinishing, yurish turishing menda g'azab uyg'otadi, qiz bola ham shunaqa ovsar bo'ladimi?" Yuragi yig'lardi.
"Nega uni sevishim kerak? Arzimaydi sevishimga" deya o'z yuzlarini yulib tashlardi Feruza. Undan o'zgasi ko'ziga ko'rinmas edi. O'zgasini sevolmas edi. Faqat uni sevardi. Unuta olmadi. 28 yoshni qarshiladi hamki, unuta olmadi. O'zgasiga turmushga chiqmadi. U hanuz telbavor, parishon o'y surib o'tirardi. Quloqlari ostida esa :"Kiyinishing, yurish turishing menda g'azab uyg'otadi, qiz bola ham shunaqa ovsar bo'ladimi?"


Azizlar, siz nima deb o'ylaysiz? Soxta oshiqlar haqida qanday fikirdasiz? Xiyonat botqog'iga botgan baqalarga qiyos qilaman ularni. Nahot bir insonning yuragi bilan o'ynashib, uni hayotini zulmat qariga g'arq qilish shunchalik oson bo'lsa? Sevmasa, nega aldaydi? Feruza ham pok orzularini asirasiga aylandi. Yolg'onchi yori unga ravo ko'rganlari "Armonlarni, azoblarni, yolg'onlarni, og'riqlarni" o'ziga do'st deb bildi.Yolg'iz o'tmoq azobini o'ziga to'g'ri yo'l deb tanladi. Onasi uning bu holatidan xavotir olaverib, yuqori qon bosimidan ko'z yumdi. Otasi esa yuragini oldirib qo'ygan. Axir yagona qizi, o'z joniga necha bor qast qilayotganda uni hayotini asrab qoldi. O'zini nobud qilmasin deya tunu kun atrofida parvona. U esa parishon to'zg'igan sochlarini yulib qoladi, yuzlarini shapatlaydi. Ko'ksiga bot bot uraveradi. Hanuz quloqlari ostida Diyorning so'zlari:"Kiyinishing, yurish turishing menda g'azab uyg'otadi, qiz bola ham shunaqa ovsar bo'ladimi?" Diyor baxtli hayot kechirardi, Feruzani o'ylashgada vaqti yo'q. Axir Kiyinishi, yurish turishi unda g'azab uyg'otardi!!!
Яндекс.Метрика