У нас есть только
оригинальные песни

YOMONLARDAN CHARCHADIM...

calendar 07.06.2013
9851

YOMONLARDAN CHARCHADIM...

Charchadim armonlardan, yolg'onlardan charchadim,
Do`st sifat ilonlardan, yomonlardan charchadim.
Bir kun yetib qadrimga, gul keltirib qabrimga,
Zor bo`larlar mehrimga, ozorlardan charchadim.

Yig'lamang bu holimga, achinmayman molimga,
Javob yo`q savolimga, gumonlardan charchadim.
Topolmadim bir chin do`st, g'am devori ustma-ust,
Soxta salom inson yuz, shaytonlardan charchadim.

Charchadim hasadchidan, ig'vogar g'iybatchidan,
Ilontish tuxmatchidan, chayonlardan charchadim.
Biz bitta o`rmonmiz de, sherpanja qoplonmiz de,
Jag' yirtdi insonmiz de, hayvonlardan charchadim.

Aytgin Alloh ne uchun, ularga yetmas kuchim?
Tugadi ko`zda yoshim, zamonlardan charchadim.
Yomonam ezdi g'amlar, muhabbat ko`zim namlar,
Xiyonatkor ex sanamlar, makkorlardan charchadim.

Do`stlar Ahad Qayumni, qalbimdagi qayg'uni,
Buzmang ko`ngil uyimni, beorlardan charchadim.
Charchadim armonlardan, yolg'onlardan charchadim,
Do`st sifat ilonlardan, yomonlardan charchadim...
Яндекс.Метрика